2008-yilda BM Electronics asoschisi o‘z faoliyatini o‘sha paytda mashhur bo‘lgan Nokia, Siemens va Motorola telefonlari bilan savdo qiluvchi shaxsiy korxona sifatida boshladi. Tashkilot Dubayda B2B biznesi va O‘zbekistonda ulgurji savdo bilan shug‘ullanardi.
BM Electronics'ga xush kelibsiz
Ishonchlilik – bu bizning biznesimiz o‘sishining asosiy omili
BM Electronics FZCO savdo va distribyutorlik kompaniyasi 2008-yilda yosh asoschi Mamur Dadadjonov tomonidan tashkil etilgan.
So‘nggi 15 yil mobaynida kompaniya Samsung, Xiaomi, VIVO, OPPO, Alcatel, TCL va Sony kabi dunyoning yetakchi brendlari bilan o‘zaro hamkorlik orqali ularning ishonchini qozondi va ular bilan ma’lum hududlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri distribyutor sifatida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Kompaniyamiz yo‘nalishlari distribyutorlik, ulgurji va chakana savdo, marketing, onlayn-biznes va logistika sohalaridan iborat.
Yetkazib beruvchilarimiz va mijozlarimiz o‘rtasidagi doimiy aloqani saqlab qolgan holda, biz keng assortiment va yuqori sifatda yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar evaziga Osiyo va MDH mamlakatlari IT-bozorida yetakchilikni yanada mustahkamlaymiz, hamkorlikning qulay shartlari va distribyutorlik tarmoqlarining doimiy rivojlanishini taklif qilamiz.
BIZNING TARIXIMIZ
Xushmuomala va halol odam har yerda muvaffaqiyat qozonadi degan naqlga amal qilgan holda, biz ham o‘z biznes sheriklarimiz bilan ochiq fikr bilan ishlashga intilamiz.
2009-yilda BM Electronics asoschisi Dubayda o‘z shtab-kvartirasiga ega bo‘lgan kompaniya va O‘zbekistonda bir nechta filiallarga asos soldi. Tashkilot Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Qo‘qon kabi shaharlarda o‘z filiallarini ochish orqali O‘zbekiston bozoriga e’tibor qarata boshladi.
Tovarlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatish va u yerda marketing faoliyatini tashkil eta oladigan kuchli jamoaga ega bo‘lgan tashkilot, Samsung kompaniyasining bozorda talab katta bo‘lgan mobil telefonlarini tarqatish huquqiga ega bo‘lish uchun harakat qildi.
2014-yil Alcatel, HTC va LG kabi kompaniyalar bilan 3ta distribyutorlik shartnomasi imzolanishi bilan boshlandi, shuningdek, BM Electronics iPhone mahsulotlarining rasmiy sotuvchisiga aylandi.
BM Electronics Baku (Ozarbayjon), Shenchjen (Xitoy) va Chernogoriyada filiallarini ochish orqali o‘z biznesini kengaytirdi. Ularning barchasi 2015-yildan buyon faol ishlab kelmoqda.
2018-yil BM Electronics uchun yangi biznes imkoniyatlarini olib keldi va tashkilot Huawei bilan distribyutorlik shartnomasini imzoladi. Shu bilan birga o‘sha yilning o‘zida Xiaomi mahsulotlari uchun vakolatli agentga aylandi. Yil oxirida esa AQShning Mayami shahrida yangi filial tashkil etildi.
Vaqt o‘tib BM Electronics va Xiaomi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Buning natijasi o‘laroq 2020-yilda Xiaomi va Vivo kompaniyalari BM Electronics’ni O‘zbekiston bozorida o‘zlarining eksklyuziv distribyutori sifatida e’lon qilishdi.
Kompaniyaning direktorlar kengashi O‘zbekistonda o‘z biznesini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi va O‘zbekistonning barcha viloyatlarida jami 16 ta filial ochdi. Mazkur loyiha 2021-yilning 2-choragi o‘rtasida yakunlandi va BM Electronics kompaniyasiga o‘z mahsulotlarini butun mamlakat bo‘ylab yanada samarali tarqatish imkonini berdi.